Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30930

Zakovat savoli #30930

Savol #30930 rasmi
Shashka bo'yicha qaysidir bir turnirda havaskor ishtirokchi ketma-ket ikki bahsda grossmeysterlarni mag'lubiyatga uchratadi. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib turgan jahonning eks-chempioni Guntis Valneris bu havaskor 'chempion' bilan dona surish istagini bildiradi. Ammo, matchdan oldin Valneris havaskordan shashka va shaxmatning asosiy qoidasiga bo'ysunishni talab etadi va bu qoidaga amal qilgan 'havaskor chempion' partiyadagi o'zini mag'lubiyatini tan oladi.
Diqqat savol: Guntis Valneris undan qaysi qoidaga qat'iy bo'ysunishi kerakligini ta'kidlaydi?
Javobni ko'rish

Telefonini o'chirib qo'yishni talab qilgan. Izoh: Amator shashkachi dastlabki ikki grossmeysterning yurishiga qarshi sun'iy aql bilan g'alaba qozonadi. Ammo, Guntis bu vaziyatni payqaydi va undan mobil telefonini o'chirishni talab qiladi. Shu asnoda, hammasi iz-iziga tushadi.

Boshqa savollar