Zakovat savoli #30929
2016-yilgi Futbol bo'yicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida Angliya terma jamoasi barcha 10ta o'yinda g'alaba qozongan holda turnirning final bosqichiga yo'l oladi. Bundan deyarli hamma hayratga tushadi. Qaysidir sobiq ingliz futbolchisi esa o'zi 20 yillar oldin aytgan iborasini biroz o'zgartirib uni ona yurtiga bag'ishlagan holda talqin qiladi.
Diqqat savol: O'sha mashhur sobiq futbolchi sizga tanish bo'lsa, uning o'zgargan versiyadagi sitatasini yozib bering.
Diqqat savol: O'sha mashhur sobiq futbolchi sizga tanish bo'lsa, uning o'zgargan versiyadagi sitatasini yozib bering.
Javobni ko'rish
"Futbolni 22 kishi o'ynaydi va oxir-oqibat Angliya g'alaba qozonadi!" Izoh: Yuqoridagi sitata aslida o'tgan asrning 80-90 yillarida Angliya terma jamoasi safida to'p surgan Gari Lineker tomonidan: "Futbolni 22 kishi o'ynaydi va yakunda Germaniya g'olib bo'ladi" - tarzida aytilgan. Ammo, u ham Angliyaning o'sha davrdagi super o'yinidan yoqa ushlab, fikrini o'zgartirishga majbur bo'ladi.