Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #30757

Zakovat savoli #30757

Angliyada o‘tgan musobaqa tugagach, grossmeyster Flor mehmonxonadagi liftga chiqadi. Ma’lumki «flor» so‘zi inglizchada «qavat» degan ma’noni anglatadi. Liftga birga chiqib qolgan hamrohi undan odatga ko‘ra «Nechanchi qavatga? deb so‘raydi. Haliyam g‘oliblik nashidasidan sarmast grossmeyster gap musobaqa haqida ketayapti, deb o‘ylab, maqtangannamo: Albatta X deb javob beradi .Buni eshitgan hamrohi lift tugmachasini bosolmay angrayib qoladi. Grossmeyster qanday javob bergan edi ?
Javobni ko'rish

"Birinchi" deb javob beradi

Boshqa savollar