Zakovat savoli #30209
1952-yilda Londonni bir necha kun davomida kuchli tutun (Великий Смог) qoplab oladi. Shaharni tutun shu darajada qattiq o’rab oladiki, natijada BIRINCHI lar tez-tez IKKINCHI vazifasini bajarib beradi. Davlat qonuniga ko’ra Yurtimizda nafaqat BIRINCHI, hatto IKKINCHI ham ma’lum bir to’lovdan ozod etilgan.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni toping?
Savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni toping?
Javobni ko'rish
Ko’zi ojizlar va Yetaklovchilar. Izoh: Smog ta'sirida ko'zi ko'radigan insonlar ham hech nimani ko'ra olmay qolishadi. Bunday holda shaharni yaxshi bilgan ko'zi ojizlar oddiy odamlarni yetaklab yurishadi. O’zbekistonda ko’zi ojizlar va ularni yetaklab yurgan odamlardan jamoat transportlarida yo’l kira olinmaydi