Zakovat savoli #30019
1976 yili bir shahar ma’muriyati armiyani qutqarib qolish maqsadida zamburug‘larga qarshi preparat ishlab chiqaruvchi Belgiya firmasidan yordam so‘ragan. Yaxshilab mantiqan o‘ylab aytingchi, o‘sha shahar va armiya qaysi davlatda joylashgan edi?
Javobni ko'rish
Xitoy Izoh: 1976 yili Xitoydagi Sian shahri yaqinidagi dalalardan birida mahalliy dehqonlar tasodifan tosh haykallardan iborat Terrakota armiyasini topib olishadi. Mazkur armiya miloddan avvalgi 221 yildan 210 yilgacha hukmronlik qilgan Xitoyning birinchi imperatori Sin Shi-xuandi nafaqat Buyuk Xitoy devori quruvchisi sifatida, balki o‘sha mashhur haykallardan iborat armiya asoschisi ham hisoblanadi. 2 yillik qazishmalardan so‘ng, arxeologlar juda ko‘plab haykalchalarda turli darajadagi yoriqlar paydo bo‘lgani, mog‘or bosgani aniqlanadi. Ularni saqlab qolish maqsadida savolda ta’kidlanganidek, maxsus preparat ham buyurtma qilishgan.