Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29767

Zakovat savoli #29767

Kanada poytaxti Ottavaning Sparks ko'chasi 245-uyida bir muzey joylashgan. Tarixiy muzey desa ham bo'ladi. Chig'anoqlar, turli xil toshlar, kakao yong'oqlari, hayvon mo'ynalari… Tasavvur qiling, sizdan ham bu muzey uchun eksponat berishni so'rashdi. Eng qizig'i sizda bu eksponat bor, menimcha hozir, shu yerda ham sizda bu muzey uchun 3-4 ta eksponat topiladi. Bu qanday muzey?
Javobni ko'rish

Pul muzeyi Izoh: Afrika mamlakatlarida pul sifatida chig'anoqlardan, shimoliy o'lkalarda hayvon mo'ynalaridan, turli hududlardan har xil toshlardan, bug'doy, tuz, kakao yong'og'i kabi vositalardan pul sifatida foydalanilgan!

Boshqa savollar