Zakovat savoli #29731
Yaponiya dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biri. Ular hamma narsada birinchilikni da’vo qilib o'rganishgan. Lekin ularning bir da’volariga aynan Rossiyaning Chukotka yarimorolining jiddiy e’tirozlari bor, bu sohada ular aniq Yaponiyadan oldinda! Aytingchi, gap qaysi da'vo haqida ketayapti?
Javobni ko'rish
Kunchiqar o'lka unvoni IZOH: Gap shundaki, geografik joylashishiga ko'ra Chukotka yarimorolida kun Yaponiyaga qaraganda ancha oldin chiqadi. Shunday ekan, Yaponiyaliklar o'zlarini "Kunchiqar o'lka" deb e'lon qilishdan oldin saal o'ylab ko'rishsa bo'lardi! 😂