Zakovat savoli #25366
Savol: Bitta yapon ertagida suv osti podshosi maymunni yeyishni xohlaydi, uni bundan bitta sakkizoyoq ogohlantirib qo‘yadi. Natijada, o‘sha maymun qochib ketadi. Buning uchun podshoning xizmatkorlari o‘sha "og‘zi bo‘sh" sakkizoyoqni qattiq jazolashadi. Ushbu ertak esa "Nega sakkizoyoqda U yo‘q" deb nomlanar ekan. Diqqat savol: Uni toping?
Javobni ko'rish
"Nega sakkizoyoqda SUYAK yo'q". Izoh: Suyaksiz tili sakkizoyoqni qattiq jazoga mubtalo qilgan. Uni shunchalar qattiq kaltaklashibdiki, barcha suyaklari yo'qolib ketibdi. Balki,sakkizoyoqlar suyaksiz bo'ladi degan fikr shundan paydo bo'lgandir.