Zakovat savoli #29552
10 yil oldin bir Yevropa shaharida ayrim uylarning qizil rangdagi pochta qutilarini bir guruh odamlar sariq rangga bo’yab ketishgan. Savol: bu uylarda kimlar istiqomat qilgan?
Javobni ko'rish
Olimpiada chempionlari Izoh: Qizil pochta qutilari bu London shahrini tashrif qog'ozi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Endi eslang bundan 10 yil oldin Londonda yozgi olimpiada o'yinlari bo'lib o'tdi. Londonliklar mana shu olimpiada o'yinlarida qatnashib oltin medal (Buyuk Britaniya nomidan albatta) olgan chempionlarni uylaridagi pochta qutilarni qizil rangdan sariq rangga bo'yab ketishgan. Sariq rang bu oltin medal ramzi edi.