Zakovat savoli #29416
Bu birgina so'zning o'zi bir necha turli xil ma'noni anglatishi mumkin. Ana shu ma'nolarga umumiy ta'riflar berishga urunib ko'raman. Uning biri insonlarga xotiralarini saqlashga yordam bersa, boshqasi uzoqlarini yaqin qilishda ko'maklashadi. Yana boshqasi esa kimlardir uchun xatto "boshpana" vazifasini o'taydi. Agar uning ma'nolarini shartli ravishda raqamlab olsak, ularni o'zaro bog'lashimiz ham mumkin. Masalan: agar siz birinchining "nazariga" tushib qolsangiz, ikkinchi yordamida uchunchini ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Ana endi esa ushbu uzundan uzun savolda ta'rif berilgan qisqagina so'zni toping?
Javobni ko'rish
Kamera Izoh: 1 - video kamera, 2 - mashina balonidagi kamera, 3 - qamoqxona kamerasi. P.s. bunday misollarni va ularning vazifalarini yana davom ettirish m-n!