Zakovat savoli #31874
Marbl - bu sharsimon shakldagi oʻyinchoq hisoblanadi. Yozishlaricha, bir kuni Sharqiy Yevropadan kelib chiqqan bir kishi asfalt boʻylab dumalab ketayotgan marblni koʻrib qoladi va shundan soʻng u oʻz ixtirosiga qoʻl uradi. Diqqat savol: u nimani oʻylab topgan?
Javobni ko'rish
Sharikli ruchka! Izoh: Bu inson jurnalist Laslo Biro edi. U sharikli ruchkani oʻylab topgan. "Yozishlaricha" soʻzi ham bu yerda oʻziga xos yordam edi.