Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29290

Zakovat savoli #29290

Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, bu taomning tayyorlanish uslubi eramizdan avvalgi II—III asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Qadimgi arab va fors adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri Ming bir kecha asarida va IX—X asrlarning qoʻlyozmalarida bu taom bayramona taomligi haqida maʼlumotlar berilgan. Hozirgi paytda Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Turkiyada juda ommabop va tansiq taom hisoblanadi. Bizlar ham sevib iste'mol qiladigan bu taomning nomini ayting ?
Javobni ko'rish

Palov

Boshqa savollar