Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12547

Zakovat savoli #12547

Diqqat, savolda 2 ta so‘zdan 4 tadan harf tushirib qoldirilgan.
Grant Kardonning “Savdo san’ati” asarining “Ishon yoki ishontir” bobida shunday jumlalar bor: “U YOTni mag‘lub etish uchun emas, balki boshqa iloji yo‘qligiga o‘zini ishontirgani uchun yenga olgan. Omon qolishi dushmanining halokatiga bog‘liq ekanini tushugan”. Savol muallifi ushbu ma’lumotni tekshirish uchun qidiruvga berganida, o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Injil” kitobiga havolalar chiqib keldi.
Diqqat, savol: harflari tushirib qoldirilgan 2 ta so‘zni aslida yozib bering.
Javobni ko'rish

Dovud va Go‘liyot

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar