Zakovat savoli #29231
"Baxt" nomli Koreya serialidagi bir sahnada qahramon yer yuzi xavf ostida qolganligini taʼkidlab turib, U ni eslab oʻtadi. Biz biladigan "U'' haqida esa 1 faktda u asosan O'lim, ochlik, urush va Fath kabi timsollarni ifodalaydi. "Hozir U" nomli film ham bor. Google dan qidirmasligingiz uchun qachon chiqqanligini sir tutamiz lekin asosiy qahramonlaridan biri Laurens Fishbornligini aytib oʻtishim mumkin. Diqqat savol, u oʻrnidagi 1 soʻzni yozib bering?
Javobni ko'rish
apokalipsis Qabul: turli tildagi tarjimalari Izoh: ushbu serialda virusdan qoʻrqqan boy odam apokalipsis yaqin yer yuzi xavf ostida degan soʻzlar bilan detektivga murojaat qiladi. Menimcha hammamiz apokalipsisning 4 chavandozi haqida eshitganmiz. Apocalypse now filmi esa 1997-yilda ekran yuzini koʻrdi.