Zakovat savoli #29230
Ushbu toponimning kelib chiqishi haqida maʼlumotlar kam boʻlsa-da, xuddi shu nom ostidagi tarixiy joyning gʻorlari koʻp oʻrganiladi. Hozirda ushbu hudud Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qishloq va mahalla nomi sanaladi. Ushbu toponimning eski nomlari orasida "ravon oqadigan suv", "hayot suvi", "rahmat suvi" kabilar ham bor. Diqqat savol, gap qaysi toponim haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Obishir Izoh: "Obiravon", "Obihayot", "Obirahmat" nomlari ostidagi bu toponimning hozirgi va eski nomi "Obishir" deyiladi. Savol muallifi esa Soʻx tumanidagi Obishir mahallasida yashaydi.