Zakovat savoli #29170
Eski va yangi kashfiyotlarni birlashtirayotganda extiyot bo'lish kerak. Vikipediyada yozilishicha, o"ttiz yillik urushning janglarining biridan so'ng fransuz grafi otdan tushmay turib, suv so'ragan. Graf bir qo'liga ko'zani olib, ikkinchi qo'lida pistolet bilan SHU ISHni qilishni boshlagan. 3 so'z bilan SHU ISH ni maksimal aniqlikda yozib bering?
Javobni ko'rish
dubulg'a pardasini ko'tarish Izoh: Savolda biz eski va yangi texnologiyalar haqida gapirdik. Agar o'ttiz yillik urushni qachon bo'lganini eslaganingizda u paytlar endigina pistoletlar ommalashayotganini tushungan bo'lardingiz. Eski texnologiya esa otliq askarlarda (bu yerda Grafda) albatta zirhli sovutlarni bo'lishidir. Endi tasavvur qiling. bir qo'lida ko'za to'la suv, boshqasida pistolet, Suv ichish uchun esa dubulg'a pardasini tepaga ko'tarish kerak. Bu ishni bajarish uchun Graf pistoletdan foydalangan va qurol otilib ketgan. Sizga bu ishni qilishni tavsiya etmaymiz) Manba: Wikipedia.org, 2016-yil.