Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #29026

Zakovat savoli #29026

Misr, Suvaysh kanali, Eyfel, AQSh, "yetti qit'a", rim raqamlari, Manxetten va Grover Klivland. Siz esa ushbu so'zlarni birlashtirib turuvchi alfa ni toping. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki, alfa ayol kishi bilan bog'liq?
Javobni ko'rish

alfa bu Ozodlik Haykali. Izoh: Uning yaratuvchisi Frederik Ogyust Bartold Misrning yangi qurilayotgan Suvaysh kanali un mash'ala tutgan Mitraning haykalini qurmoqchi bo'ladi, lekin uning g'oyasi amalga oshmaydi. Shuningdek, uning yaratilishida mashhur injener Gyustav Eyfel muhim ahamiyat kasb etgan. Yana unga "yetti dengiz va yetti qit'ani birlashtirgan nur" deb ham ta'rif berishadi. Ozodlik haykali Manxetten yaqinidagi Berlou orolida joylashgan bo'lib, 1886-yil haykalning ochilishida AQSh prezidenti Klivlend ishtirok etgan. Rim raqamlariga kelsak, haykal qo'lidagi taxtachada esa AQShning ozodlikka erishgan kuni rim raqamlarida yozilgan.

Boshqa savollar