Zakovat savoli #29025
Aslida vatani O'rta Osiyo bo'lsada, uni negadir Qadimgi Rossiya bilan bog'lashadi. U qadimdan shunchalik mashhurki, u haqida turli afsonalar mavjud. Ularda ta'kidlanishicha, u turli yovuzliklar va yomon ko'zlardan asraydi. Qadimgi Misrda piramidalar quruvchilariga u berilgan. Shuningdek, u tib olamida ham mashhur. Masalan, XVIII asrlarda Fransiyada u o'lat kasalligiga qarshi ishlatilganligi uchun "to'rt o'g'ri( ba'zi manbalarda esa mahbus) ichimligi" kabi ta'rifni olgan. Savol: agar siz "u" nimaligini topgan bo'lsangiz, uning nima ekanligini emas, balki, tarjimasi "u" bo'lgan AQSH shaharlaridan birining nomini toping?
Javobni ko'rish
Chikago edi. Mahalliy hindularining "shikaakwa" ya'ni "yovvoyi sarimsoq" so'zining fransuzlar tomonidan o'zgartirilgan varianti edi. Savoldagi "u" esa sarimsoq piyoz. Savoldagi "ichimlik" esa sarimsoq piyozning pivo yoki sirkadagi nastoykasi edi.