Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28829

Zakovat savoli #28829

"O'tgan kunlar" asarida Yusufbek hoji Turkiston ostonasida o'ris harom oyog'ini qo'yish niyatida, biznikilar esa bir-birini qirmoqda ekanini aytadi. U vatanparvar inson edi.
"Troya" filmida Gektor o'lishini bilsa ham, yurtdoshlariga bildirmay Axill bilan kurashadi, vatanini himoya qiladi. U vatanparvar edi.
Hammamiz yaxshi biladigan bir film qahramonining bir gapi uning vatanparvarligidan darak beradi, holbuki o'zi harom kasb - o'g'rilik yo'lini tutgan edi.
Hurmatlilar, siz bizga film nomini yozib bering?
Javobni ko'rish

"Ivan Vasilyevich kasbini o'zgartiradi" filmi Izoh: Unda o'g'ri Miloslavskiy shoh shaharni elchiga bermoqchi bo'lganida "Ey ittan tarqagan, hali bir qarich yerga zor bo'lasan" deydi va vatanparvarligini ko'rsatadi.

Boshqa savollar