Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28828

Zakovat savoli #28828

Dunyoda barcha narsa o’z muvozanatiga ega. Masalan, yaxshilik va yomonlik doimo bir muvozanatda bo’ladi. Agar bu muvozanat buzilsa yer yuzida yomonliklarning ko’payib ketishi yoki aksincha bo’lganda, yaxshilikning qadri tushib ketishi mumkin ekan. Natijada muvozanat buzilib, katta bir halokat sodir bo’lishi muqarrar. Shuning uchun bo’lsa kerak, bu qush parvoz paytida o’z muvozanatini saqlash maqsadida shunday aqlli yo’l o’ylab topganki, buni 1 daqiqadan so’ng siz aytasiz?
Javobni ko'rish

Parvoz paytida burgutning bir qanotidan to’kilgan pat (katta bo’lgani uchun) unga muvozanatini yo’qotishi va biror falokatga uchrashi uchun kifoya qilar ekan. Muvozanatini saqlash uchun esa Burgut boshqa qanotidagi ayni o’sha patini tumshug’i bilan yulib tashlar ekan.

Boshqa savollar