Zakovat savoli #28700
1923-yilgi Tokiodagi zilziladan so’ng Yaponiya hukumati poytaxtni Keydzyo administrative birligiga ko’chirish haqida o’ylashgan edi. Bu yerda Yaponiyaning asosiy hududiga nisbatan zilzilalar kam kuzatilar edi. Lekin bu amalga oshmadi. O’sha davrdagi Keydzyo administrative birligi ushbu Shahar tarkibida joylashgan edi. Qaysi Shahar?
Javobni ko'rish
Seul Izoh: Koreya yarimoroli o’sha davrda Yaponiya tarkibiga kirgan va Yaponiya orollariga nisbatan yarimorolda zilzilalar kamroq kuzatilar edi.