Zakovat savoli #28699
Amerikada joylashgan bu to’rtovlonning Rossiyada ham o’ziga xos analogi bor ekan. Lekin ular uchta, Boshqirtistonda joylashgan. 2020-yilgi o’zbek filmidagi bir personajning ismida ham tepada aytib o’tilgan uchtani va biz ikkinchi deb bilganni ham uchratishimiz mumkin. Agar ismni topgan bo’lsangiz, Boshqirtistondagi uchovlon deganda nimani nazarda tutganimizni maksimal aniqlikda yozib bering? Vaqt ketdi.
Javobni ko'rish
Marks, Engels va Leninning qoyatosh suratlari. Uchovlon familiyasi qatnashgan mantiqan to’g’ri javoblar. Izoh: Amerikadagi to’rtovlon deganda biz Rashmordagi 4 prezidentni nazarda tutgan edik. Sovet davrida siz tarqatmada ko’rib turgan qoyatosh suratlari chizilgan ekan. 2020-yilgi Ilhaq filmi qahramonlaridan biri Melis ismi esa Marks, Engels, Lenin va Stalin ismlarining bosh harflari qo’shilishidan hosil qilingan.