Zakovat savoli #28579

Birma davlatidagi Padaun qabilasi ayollarida bir urf odat bor. Quyida rasmda ko'rsatilgandek bo'yini uzun bo'lgan Birma ayolini go'zal hisoblashar ekan. Bu bo'yidagi halqani ayollarga 5 yoshidan boshlab taqib qo'yishar ekan. Og'irligi bazan 12 kilogacha bo'ladigan bu jezzdan yasalgan halqani yechib tashlash mumkin emas, mobodo yechib olinsa bo'yining uzunligi boshni ko'tarolmasdan yonga qiyshayib qolishi mumkun. Aslida bu halqaning kiyilib yurilishiga qadimgi padaun qabilasida bo'lgan bir rivoyatni sabab qilib ko'rsatishadi.
Siz u qanday rivoyatligini emas bu bo'yin halqaning vazifasini o'ylab ko'ringchi?
Siz u qanday rivoyatligini emas bu bo'yin halqaning vazifasini o'ylab ko'ringchi?
Javobni ko'rish
; Odamxo'r yo'lbarsdan. Rivoyatga ko'ra qadimgi padaun qabilasiga odamxo'r yo'lbars hujum qiladi va ayollar hamda qizlarni bo'ynidan g'ajib ketaveradi. O'sha davrdan ayollarni bo'ynidan himoya qilish uchun taqilgan jezz halqa keyinchalik urf-odatga aylanib ketadi.