Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31888

Zakovat savoli #31888

Eronda she’riyat qadimdan juda qadrlanib kelgan va uning dovrug’i butun jahonga ma’lum. Aytishlaricha, sulton Mahmud G’aznaviy saroyida har doim 300 – 400 tagacha shoirlar bo’lib, uning ko’nglini hushnud etishar ekan. Shu tariqa sulton ko’ngliga hush kelgan shoirni taqdirlashda qadimdan sulton va xonlar qo’llagan usulni qo’llar ekan. Bunday taqdirlash natijasida hatto bitta ibora ham kelib chiqqan. Aynan shu ibora sizga shoirlarni qanday usulda taqdirlashganini topishda yordam beradi. Diqqat savol: Ushbu usulni aniq ayting?
Javobni ko'rish

Og’zini tilla tangalar yoki qimmatbaho toshlar bilan to’ldirish. Ibora: “Og’zingga siqqanicha tilla (pul) berman…”

Boshqa savollar