Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28523

Zakovat savoli #28523

Amerika mustaqilligi uchun kurashgan va AQShning birinchi prezidenti bo’lgan Jorj Vashingtonga Angliyada 1921 yilda haykal qo’yishmoqchi bo’lishgan. Ammo Vashington hech qachon Angliya tuprog’iga oyoq qo’ymaslikka qasam ichgan edi. Lekin niyatlari jiddiy bo’lgan inglizlar bunday qiyin vaziyatga yo’l topib, Vashington haykalini o’rnatishga erishadilar. Diqqat savol: qanday qilib?
Javobni ko'rish

AQShdan Britaniyaga 3 tonna tuproq olib kelib, ustiga Vashington haykali o‘rnatilgan

Boshqa savollar