Zakovat savoli #30222
Lev Tolstoy "Iqrornoma" asarida "sharq masallari" dan quyidagi masalni aytib o'tadi: "bir yo'lovchi cho'lda ketayotsa bir yirtqich hayvon oldidan chiqadi. U shoshganicha yirtqichdan qochish uchun o'zini suvsiz quduqqa tashlaydi. Ne ko'z bilan ko'rsinki quduq tubida katta ajdaho og'zini ochib turgan bo'ladi. Yo'lovchi bir amallab quduq labidan o'sib chiqqan butaga ilashib oladi. Bir necha daqiqadan so'ng esa ikki sichqon butani kemira boshlaydi. Yo'lovchi esa butoqdan o'sib chiqqan barg ustidagi asalni yalashga urinadi....."
Savol: siz menga yuqoridagi masaldagi ikki sichqon nimaga qiyoslanganini ayting?
Savol: siz menga yuqoridagi masaldagi ikki sichqon nimaga qiyoslanganini ayting?
Javobni ko'rish
kun va tun Izoh: masal inson umri haqida edi. Ajdaho o'lim. Yo'lovchi o'limi aniqligini bilib turgan bo'lsada o'sha asalni yeyishga urinadi lekin endi u asal unga huzur bag'ishlamaydi...