Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28466

Zakovat savoli #28466

Bir necha yillar oldin Janubiy Koreyaning SK Telecom Company mobil aloqa operatori o‘z mijozlariga 2,5 dollar evaziga mobil telefonlariga maxsus ovoz signali yozib berish xizmatini joriy qildi. Ushbu signal insonlarga eshitilmaydi. Mutaxassislar fikricha, yangi xizmat mamlakat aholisida katta qiziqish uyg‘otishi va ancha mashhurlikka erishishi kutilmoqda ekan. Ular yangi xizmatni aholi tomonidan iliq kutib olinishiga Janubiy Koreyaning namlik yuqori bo‘lgan tabiatini asos qilib keltirishgan. Aytingchi, ushbu xizmatning asosiy maqsadi nima?
Javobni ko'rish

Bunday joyda chivinlar ko‘p bo‘ladi, maxsus signal esa chivinlarni haydash uchun edi.

Boshqa savollar