Zakovat savoli #21464
Savol matnida bir so‘z ikki so‘zni almashtirib keladi.
Shayboniylar sulolasining eng mashhur namoyandalaridan biri — Muhammad Shayboniyxon yoshligidan bir necha laqab va tahalluslarga ega bo‘lgan. Bolaligidan uni «Muhammad Shoh Baxt» deb atashgan. Movarounnahrdagi katta g‘alabalaridan so‘ng esa "Imom az-Zamon" va "Xalifat ar-Rahmon" kabi unvonlar bilan nomlangan. Ammo Shayboniyxon bir tarixiy shaxsga ko'p taqlid qilgani sababli o‘zini «ISO» deb nomlashlarini xush ko‘rgan.
Savol: Almashtirilgan ikki so‘zni asl holida yozib bering

Javobni ko'rish
Iskandari Soniy