Zakovat savoli #28262
Bir darvesh ko'cha chetida o'tirganda oldidan bir bechoraxol odam yugurib o'tib ketib yaqin oradagi xufya joyga yashirinadi. Biroz o'tgach bu yerga 3-4 otliq soqchilar yetib kelib darveshning oldida to'xtashadi. Darvesh ularning oldiga yaqin keladi hamda bosh egib ta'zim qiladi. Soqchilar darveshdan boyagi yugurib o'tgan odamni ko'rgan ko'rmaganini so'rashadi hamda uni obdon tasvirlab berishadi. Darvesh yolg'on gapirib gunoh qilishni istamasdi. Shuningdek, rost so'zlab bir bechoraning uvoliga qolgisi ham kelmasdi. Shu sababli soqchilar savoliga shunday javob beradiki, natijada yolg'on ham gapirmaydi, bechoraning uvoliga ham qolmaydi.
Diqqat savol: Darvesh soqchilarning u odamni ko'rgan-ko'rmaganlik haqidagi savoliga qanday javob bergan?
Diqqat savol: Darvesh soqchilarning u odamni ko'rgan-ko'rmaganlik haqidagi savoliga qanday javob bergan?
Javobni ko'rish
Bu yerda turganimdan beri hech kim o'tmadi