Zakovat savoli #605
“Suyunchi” filmida Anzirat ona nafaqat o‘z oilasida, balki butun qishloqda tartib o‘rnatishga harakat qiladi. Qishloqdoshlarining befarqligiga chiday olmay ularni tergab turadi. Film so‘ngida uning o‘limidan so‘ng esa qishloq huvillab qolgach, qishloqdagilar va rais “Anzirat ona qishloq IKSI bo‘lganini” ta’kidlashadi. Abdulla Avloniy fikricha, IKS insonning aql va fikrini haqiqiy mezoni bo‘lib, bu tarozu ila odam oʻz kamchiliklarini bilib olishi mumkin.
Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Vijdon.