Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #28118

Zakovat savoli #28118

Dunyoda juda mashhur "alifbo" mavjud. 4 harfdan iborat: A, G, T, S. Ba'zan ularning uchinchisi U bilan almashishi mumkin. Shunday jarayon mavjudki, ushbu jarayonda bu harflardan uchtasi birga bo'lib "tashuvchi" vazifasini bajaradi. Har bir "tashuvchi" o'z nomiga ega, masalan AAA, ATG, AGS, GSA, STG... Shunday uchta "tashuvchi" mavjudki, ularning kelishi bilan ushbu jarayon tamomlanadi. U "tashuvchilar"ni bir nom bilan atashadi, o'sha nom ularning qiladigan vazifasi bilan bog'liq. Bu nom bilan mashhur kinofilm qahramoni atalgan. Siz menga ushbu qahramonga tegishli mashhur "ibora"ni ayting. Yordam sifatida aytishim mumkinki, ushbu "ibora" kinofilmlarning 100 ta eng mashhur iboralari qatoridan joy olgan. Iborani toping?
Javobni ko'rish

Hasta la vista baby (Asta la vista beybi) - hayr qizaloq. (Terminator) IZOH:Jarayon oqsil biosintezi, hujayrada kechadi, AAA, ATG, AGS, GSA, STG...lar transport RNK lar, ular aminokislotalarni oqsil sintezi uchun tashishadi, ma'lum ko'rinish yani UAA, UAG, UGA kelganda esa oqsil biosintezi tugatiladi. Ularning nomi TERMINATORLAR. Terminate - yakunlovchi, tugatuvchi. Film qahramoni Terminator edi.

Boshqa savollar