Zakovat savoli #18294
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” asarida XX asrning 50-yillari haqida gap ketar ekan, bir momo yoshlar uni hadeb nomahram erkaklarga ro‘para qilishayotganidan noligan. Momoning fikriga ko‘ra, erkaklar ko‘zlarini lo‘q qilib, surbetlarcha momoga gap otarmish. Savol: Shu vaqtda xonaga yig‘ilgan qo‘ni-qo‘shni nima qilishayotgan edi?
Javobni ko'rish
Televizor ko‘rishayotgandi.