Zakovat savoli #27983
Sirojiddin Sayyidning bir she’ridan parcha:
“Uch nuqta”, aylanay nomingdan sening,
Gapga lim-lim to‘lug‘ jomingdan sening.
Bugun bu dunyoning egasi sensan,
Poyonsiz olamning erkasi sensan.
Sekin Yer yuzini aylading ishg‘ol,
Bir ishing yaxshiyu, bir ishing – ishkal.
Sen so‘nmay, so‘limay yoz-qish yashaysan,
Qit’adan qit’aga mish-mish tashiysan
Zangor ko‘zlaringda hamma narsa bor,
Kim ishdan ketdiyu, kim esa – bemor.
Tunlar yoritasan kuldonlarni ham,
Bir zum tinch qo‘ymaysan sultonlarni ham.
Ishing bor podshoyu cho‘ponga qadar,
Darrov yetkazasan yaponga qadar.
Savol: “Uch nuqta” o‘rnidagi bitta so‘zni toping?
“Uch nuqta”, aylanay nomingdan sening,
Gapga lim-lim to‘lug‘ jomingdan sening.
Bugun bu dunyoning egasi sensan,
Poyonsiz olamning erkasi sensan.
Sekin Yer yuzini aylading ishg‘ol,
Bir ishing yaxshiyu, bir ishing – ishkal.
Sen so‘nmay, so‘limay yoz-qish yashaysan,
Qit’adan qit’aga mish-mish tashiysan
Zangor ko‘zlaringda hamma narsa bor,
Kim ishdan ketdiyu, kim esa – bemor.
Tunlar yoritasan kuldonlarni ham,
Bir zum tinch qo‘ymaysan sultonlarni ham.
Ishing bor podshoyu cho‘ponga qadar,
Darrov yetkazasan yaponga qadar.
Savol: “Uch nuqta” o‘rnidagi bitta so‘zni toping?
Javobni ko'rish
Internet