Zakovat savoli #37160
Rivojlanish ko'plab ajoyib natijalarga erishtiradi. Lekin bu yaxshi xususiyatlar boshqa narsalar evaziga, judoliklar evaziga bo'ladi. Bu qush ham ma'lum ustunlikka erishish uchun boshqa narsadan "voz kechgan" — ya'ni yuqori tezlik va keskin burilishlar uchun o'z oyoqlaridan "voz kechgan". Savol: bu yurtimizdagi qaysi qush?
Javobni ko'rish
Qaldirgʻoch. Uni koʻrgansiz: juda tez uchadi, keskin burilishlar unga choʻt emas. Lekin oyoqlari kaltaligi tufayli u deyarli yerga qoʻnmaydi. Suvni ham havoda uchib turib olvoladi. U iniga qoʻnib turganini koʻrgan boʻlsangiz ini kalta oyoqlariga juda mos qilib qurilgan