Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #26747

Zakovat savoli #26747

Bir tanishim tomonidan aytilgan anekdotni xavola etaman:
Bir kuni qizim "Oyijon men tovuq tayyorlashni yangi retseptini topdim. Bugun kechki ovqatni o'zim tayyorlayman" degancha oshxonaga kirib ketdi. Hursand bo'lib o'tirgandim, oshxonadan yoqimsiz hid bilan qora tutun chiqa boshladi. Qo'rqib oshxonaga kirsam qizim qo'lida Sobiq ittigoq davrida chiqgan kulinariya kitobini ushlab turibti. "Oyijon men hammasini retsept bo'yicha qildim. Tovuqni mineral suv butilkasini ustiga kiygizib duxovkaga qo'ydim, u esa birdan tutab ketdi" dedi. Kitobni olib qizim rostdan ham hammasini retsept bo'yicha qilganini, ammo yosh bo'lgani uchun bir narsani hisobga olmaganini ko'rdim. Kitobni SSSR davrida nashr qilinganini hisobga olib qizimni xatosini ayting?
Javobni ko'rish

SSSR davrida mineral suvlar shisha idishda chiqarilgan asosan. Qizcha esa zamonaviy plastmassa butilkasidagi mineral suvdan foydalangan va plastik butilka issiqda yonib ketgan

Boshqa savollar