Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #21926

Zakovat savoli #21926

Bu savolga taʻriflovchi javob ham qabul.
Shartga ko‘ra BU ISHNI qilgan inson 10 dollar, qilmagan inson 100 dollar hayriya qilishi kerak edi. Natijada bir homiylik jamg‘armasi 29-iyundan 28-avgustgacha 100 million dollarga yaqin homiylik yordami olgan. Sentyabrga kelib, havo sovushi natijasida BU ISHNI qiluvchilar soni keskin kamaygan.
Savol: Virusli fleshmobga misol sifatida keltiruvchi BU ISHNI yozib bering.
Javobni ko'rish

Muzli suvni ustidan quyish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar