Zakovat savoli #26543
Napaleon Bonapart o‘z armiyasining mustahkamligi va jipsligiga katta e'tibor qaratgan. Uning faoliyatida o‘ziga xosliklar ko‘p uchraydi. Shu sabab o‘z davrida uning bir ishini tanqid ostiga olganlarga javoban Napaleon: “O‘yinchoqlar odamlarni boshqaradi” deya javob bergan edi.
Diqqat Savol: O'yinchoqlar deganda u nimani nazarda tutgan?
Diqqat Savol: O'yinchoqlar deganda u nimani nazarda tutgan?
Javobni ko'rish
Davlat mukofotlari, unvonlari. Izoh: Napaleon faoliyati davomida Faxriy legion ordenini tashkil etib, uni armiyaning 1.5 mingta harbiy xizmatchisiga topshiradi, qolaversa 18 ta generalga “Fransiya marshali” unvonini beradi va u o‘zi tomonidan berilgan mukofotlarni u o‘yinchoqlar deya, bu orqali armiyani o‘ziga xos boshqarish usuli deya aytib o‘tadi.