Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #25853

Zakovat savoli #25853

U qanday dilbarki, tani siymin o'lub,
Badr yanglug' surati siymosidir.
Xat bitib ikki yuzida sarbasar,
Ziynat afzoyi ruxi zebosidir.
Jussasi tirnoq yuzidek juda kichik,
Lek ulug'lar ishqining rasvosidir.
Vaslini xohlab jahon bozorida,
Olam ahli boshida savdosidir.
Ham faqiru ham g'aniy devonasi
Ham qariya, ham yigit shaydosidir.
Topsa har anda visolin nogahon,
E'tibor ichra ulus a'losidir.
Yuqoridagi chistonning javobi nima?
Javobni ko'rish

Tanga. Ogahiyning shunday chistoni bor ekan.

Boshqa savollar