Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #8008

Zakovat savoli #8008

1977-yilda Leonid Yarmolnik daxshatli avariyaga uchraydi. Avtomobildan esa faqatgina dvigatel butunligicha qoladi. Leonid Yarmolnikning o‘zi bir nechta joyidan jarohat oladi. Bu voqeadan keyin Yarmolnik yiliga ikki marta BU ISHNI QILADIGAN bo‘lgan. Statistikaga ko‘ra, bir kunda 22 milliondan ortiq inson bu ishni qilishi mumkin.
Savol: BU ISHNI QILISH o‘rnidagi so‘zlarni toping.
Javobni ko'rish

Tug‘ilgan kunini nishonlash.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar