Zakovat savoli #24955
Kunlardan birida kutilmaganda keksa usta anchadan buyon shogirdlik qilib kelayotgan bir guruh o‘spirinlarga ilk marotaba, beshikning qo‘lbovlari kiygizib qo‘yiladigan yontayoqlarini tayyorlash uchun, uzun va ingichka yog‘och navdalarini olib kelishlarini buyuribdi. Yigitchalar har tomon chopishib, har xil daraxtlarning uzun navdalarini yo‘nib, tarashlab keltirishibdi. Ustoz shogirdlaridan birma bir yog‘ochlar qanday daraxtdan ekanligini so‘rab chiqib, ularni yaroqli yaroqsizga ajratibdi. Oqsaqol tut daraxti navdasidan yontayoq tayyorlagan shogirdiga, “O‘sha daraxtni menga ko‘rsatasan”, debdi. Faqat shu holatda xulosa chiqarishga ikkilangan usta haligi shogirdi bilan kutilmagan buyurtma uchun novdasi kesilgan tut tomon yo‘l olgan ekan.
SAVOL: Keksa usta nega hamma daraxtlardan faqat birgina tut daraxtini borib ko‘rgan?
SAVOL: Keksa usta nega hamma daraxtlardan faqat birgina tut daraxtini borib ko‘rgan?
Javobni ko'rish
Tut daraxtini borib ko‘rishi sababi TUTNING MEVALI YOKI MEVASIZ TURIDANLIGINI ANIQLASH EDI. IZOH: Bor umri meva bermaydigan, ya’ni “erkak-tut”lar ham bor-da. Keksa usta, mevali yoxud mevasiz ekanligini bilish uchun, tut daraxtini borib ko‘rgan. Bilamizki beshikning yon tayoqlari mevali daraxt novdasidan qilinadi