Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24953

Zakovat savoli #24953

Tog'ay Murodning bir asari qahramoni ot sotib olish jarayonida bir yetti yashar otni tekshirib ko'rib uning xosiyatli, yaxshi ot ekanligini aytib sotib oladi. Asarda ta'kidlanishicha aslida otning xosiyatli ekanligini besh yoshdan keyin bilish mumkin ekan. Milliy o'yinlarimizdan bo'lmish ko'pkarida ham besh yoshdan o'tgan otlar chopishi mumkinligi shundan dalolat beradi.
Diqqat savol: otning xosiyatliligini aynan besh yoshidan keyin qanday qilib bilish mumkin?
Javobni ko'rish

Oziq tishi yo'qligidan. Izoh: aslida otning oziq tishi besh yoshida chiqishi kerak. Asar qahramoni yetti yashar otni tekshirganida oziq tishi yo'q bo'ladi. Chiqsa besh yoshda chiqar edi, chiqmaganmi demak endi chiqmaydi, degan xulosa bilan otni sotib oladi. Chunki oziq tishsiz ot xosiyatli ot bo'ladi. Manba: "Ot kishnagan oqshom" qissasi.

Boshqa savollar