Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12673

Zakovat savoli #12673

Uolter Devis amerikalik sportchi bo‘lib, bolaligida u poliomielitdan aziyat chekkan va uch yil davomida harakatlana olmagan, ammo kasallikni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bo‘yi 203 sm bo‘lgan Devis 1952-yilgi Xelsinki Olimpiadasida sportning balandlikka sakrash turi bo‘yicha 2,04 m balandlikda yangi Olimpiya rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Savol: Sportchining 1953-yilda mazkur sport turi bo‘yicha karyerasini yakunlashiga sababni aniq yozib bering.
Javobni ko'rish

Professional basketbol klubi bilan shartnoma imzolash. Qabul emas: “Basketbol” so‘zi keltirib o‘tilmagan javoblar, boshqa sport turiga o‘tib ketgan.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar