Zakovat savoli #24834
Toshkent shahrida 1905-yilgacha harbiy qal'ada yirik pushka bo'lgan. Bu qal'a Toshkent astronomik va fizik observatoriyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. Diqqat savol: Bu pushka nima vazifani bajargan?
Javobni ko'rish
Shahar soati Izoh: Bu paytda shahar aholisi asosan quyoshdan yoki shu pushka ovozidan vaqtni aniqlagan. Bu pushka har doim kunning yarmida otilgan. Vaqtdagi o'ta aniqlikni ta'minlash maqsadida observatoriya bilan hamkorlikda ish yuritilgan. Xususiy soatlar esa faqat boy xonadonlarda bo'lgan. 1905-yilda esa Toshkentda birinchi shahar soati o'rnatilgan.