Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2468

Zakovat savoli #2468

: Hamid Olimjon ijodidan bir namuna eshiting:
Rangging tuproqqa oʻxshar,
Sen oʻxshaysan kigizga,
Bormasdim seni kiyib,
Yorim boʻlajak qizga.
Margʻilonda toʻqilgan
Yoʻl-yoʻl shohi beqasam.
Ming marta yaxshi edi
Ichmaganimda qasam.
Lekin seni ustimga
Katta bir gʻam kiygizdi,
Singlim, qarindoshlarim,
Otam, onam kiygizdi.

Bu sheʼr boshqa shoirlarni qanchalik ilhomlantirgani bizga nomaʼlum. Bu sheʼrning nomini bir soʻz bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Shinel.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar