Zakovat savoli #24678
Ilf va Petrovning asari qahramonlari bir kuni oilada uni yo'qligidan (yetishmasligi sababli) janjallashib qoladilar. Shunda 1-qahramon hatto Lev Tolstoy ham bunday qilmaganini aytib fikrini isbotlamoqchi bo'ladi. 2-qahramon esa bo'lishi mumkin emas "Anna Karenina" va "Urush va tinchlikday asarni yozayotganda bunday qilmagan "Kreyser sonatasini" yozayotganida balki shunday bo"lgandir deydi. Savol qahramonlar o'rtasidagi janjal nimadan kelib chiqqanini toping?
Javobni ko'rish
Go'sht yeyish. Bilamizki Tolstoy vegeterian bo'lgan. Asar qahramonlaridan biri esa Urush va tinchlik Anna Kareninaday asarlarni yozish qiyin va katta kuch talab qiladi deydi. Kreyser sonatasi esa hikoya hisoblanadi.