Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24656

Zakovat savoli #24656

«...Men sochlarimni butkul o‘z holiga tashlab qo‘ydim, ular g‘ayrioddiy tarzda tez to‘kilib ketyapti. Tez orada hech nima qolmaydi. Uyachamiz ham tashlandiq holga kelib, huvillab qolganday go‘yo. Agar uning tili bo‘lganida ham, biror narsa demagan bo‘lardi. Men hozir tizzalarimni Almarning ko‘rpasi bilan yopib, bularni yozib o‘tiribman, deraza ortida esa zim-zimiston tun...»
Ushbu maktub Nyu-Yorkda auksionga qo‘yilib eng qimmat narxlarda sotilgan.
Siz maktub kimga tegishli ekanini anglagan bo‘lsangiz xatda tilga olingan «Almar»ga izoh bering?
Javobni ko'rish

Al-Albert Eynshteyn, Mar- Margarita Konenkova. Bu ikki oshiq Prinstondagi maxfiy uchrashuv joyini «uyacha» deb atashgan, har ikkalasining ismlaridan birinchi bo‘g‘inlarini birlashtirib, o‘zlari uchun umumiy nom – Almar degan ismni o‘ylab chiqarishgan. Shu tariqa, «Almarning ko‘rpasi», «Almarning kreslosi» nomlari vujudga kelgan.

Boshqa savollar