Zakovat savoli #32302
Hind afsonasi "Rigveda" da shunday rivoyat bor. Kunlardan bir kuni changalzorga o't ketadi. Talvasaga tushgan hayvonlar joni holatda o'rmonni tashlab qocha boshlaydilar. Shunda bir chittak ko'lga uchib borib, tumshug'ida suv olib kelib o'tni o'chira boshlaydi. Buni kuzatib turgan osmon xudolaridan biri: "Sen butun umring davomida ham bu olovni o'chira olmaysan-ku, nega chiranyapsan", deydi. Shunda chittak unga shunday bir javob beradiki, osmon xudosi uning kuydi-pishdiligiga, shijoatiga qoyil qoladi, shu mitti qushcha uchun jala yuborib o'tni o'chiradi.
SAVOL: Xudo qushning qaysi gapidan ta'sirlanib o'tni o'chirishga jazm qiladi?
SAVOL: Xudo qushning qaysi gapidan ta'sirlanib o'tni o'chirishga jazm qiladi?
Javobni ko'rish
Chittak: "Bu umrim yetmasa, keyingi umrimda ham suv keltirishni davom ettiraman", deb javob bergan.