Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24237

Zakovat savoli #24237

Ushbu kasbning nufuzi XIX asrning 2-yarmidan ayniqsa oshib ketadi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, fuqarolik jamiyatining o'rni yuksalishi natijasida ushbu soha vakillarining o'rni ancha mustahkamlanadi.
Germaniyaning Nyurnberg shahridagi bir muzeyda esa ushbu soha vakillaridan birining mumiyolangan qo'li saqlanadi. Diqqat savol. Ushbu qo'l sohaning boshqa vakillarini nima qilmaslikdan ogohlantirib turishini ayting.
Javobni ko'rish

Sohta hujjatlarni imzolamaslik. Izoh. Soha huquqshunoslik edi. Nyurnbergda sohta hujjatlarni imzolagan notariuslarning qo'li kesib tashlangan.

Boshqa savollar