Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #24236

Zakovat savoli #24236

XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmida Tibetlik amaldorlar yangi armiyani shakllantirish uchun qanday qilib mablag' topish haqida o'ylab qoladilar. Shunda ularning hayoliga ajoyib bir boj turini joriy qiladilar. Ishbu bojga ko'ra har bir odam jami ikki lyan boj to'lashi kerak edi. Bu kulgili boj turini aytish orqali men sizlarga lag'mon ilmoqchi emasman. Shunchaki, shu bojning nimaga solinganini so'ramoqchiman.
Javobni ko'rish

Odamlarning quloqlariga. Izoh. Jami ikki lyan demak har biriga bir lyandan 2talik narsaga. Lag'mon ilish esa bejizga emasdi.

Boshqa savollar