Zakovat savoli #23219
Tog‘ay Murodning " Yulduzlar mangu yonadi" qissasida xalqimizning azaliy udumlaridan biri kurash haqida so‘z boradi. Adib polvonlar haqida gapirar ekan, ularga turli xil xususiyatlariga ko‘ra laqablar beradi: G‘irrom polvon, lanj polvon va hokazo. Polvonlardan biriga Po‘stak polvon deb laqab beradi.
Savol: Aytingchi, bunday laqab olishiga polvonning qanday xususiyati sabab bo‘lgan?
Savol: Aytingchi, bunday laqab olishiga polvonning qanday xususiyati sabab bo‘lgan?
Javobni ko'rish
Ma'lumki, po‘stakni qayoqqa otib yuborsa, yerga albatta teskarisi bilan tushadi. Bu polvon ham har doim yerga teskarisi - ko‘kragi bilan tushadi va mag‘lubiyatdan qutulib qoladi